Mijozlar barcha resurslarini optimallashtirishga intiladi — bu nafaqat joriy xarajatlar (energiya va h.k.), balki inson resurslari hamdir. Shu sababli energiya tejash ustuvor vazifa, biroq u samaraliroq ishlash uchun yoqimli muhitga muhtoj xodimlarning farovonligiga ham, xarid jarayonidan zavq olishni istagan xaridorlarga ham salbiy taʼsir ko‘rsatmasligi kerak. LuxSpace yoritish ko‘rsatkichlariga (rang uzatish va rang bir xilligi) putur yetkazmagan holda samaradorlik, yorug‘lik qulayligi va dizaynning mukammal uyg‘unligini taʼminlaydi. U qo‘llanish sohasidan qatʼi nazar kerakli muhitni yaratish uchun keng variantlarni taklif qiladi.