Philips Tango G4 LED projektorli yoritgichi — Tango LED oilasining 4-avlodi. Texnik konstruksiyasi tufayli yuqoriroq yorug‘lik samaradorligi, optimallashtirilgan shamol yuklamasi maydoni va kamroq og‘irlikka ega yangi yoritgichlar seriyasi. Ushbu mahsulot hududlarni yoritish va havaskor sport inshootlarini yoritishning keng doirasi uchun ideal yechimdir. U eng yangi LED yorug‘lik manbai, yaxlit optik tizim, radiator va drayverni global miqyosda tan olingan xavfsizlik standartlariga javob beradigan ixcham va mustahkam korpusda birlashtiradi. Maxsus ishlab chiqilgan radiatori estetika va funksionallikni uyg‘unlashtirib, yuqori ishonchlilikni taʼminlaydi. LED texnologiyasiga asoslangan Tango G4 LED projektorlari yuqori ko‘rsatkichlar va uzoqroq xizmat muddatini taʼminlab, hududlarni yoritishni butunlay yangi darajaga olib chiqadi.