Metronomis LED — loyihalarga o‘ziga xos kontekstual yoki estetik ruh berish uchun yorug‘lik effektlari palitrasini taklif etuvchi dunyodagi birinchi ustun tepasiga o‘rnatiladigan yoritgichlar seriyasi. Aks, yorug‘lik va soyaning innovatsion o‘yini qo‘shimcha muhit yaratish uchun yerda yoki plafon ichida naqsh hosil qiladi. To‘rtta ramziy dizayn mavjud: Metronomis LED Torch (BDS650), qalpoqli Metronomis LED Torch (BDS651), Metronomis LED Sharp (BDS660) va Metronomis LED Fluid (BDS670). Har bir yoritgich dizayni asosiy elementlarigacha soddalashtirilgan Metronomis I bilan vizual va modulli bog‘liqlikka ega. Kunduzi ko‘zga tashlanmaydigan, shaffof dizayn zamonaviy yoki klassik arxitektura va atrof-muhit bo‘lishidan qatʼi nazar, shahar muhitiga uyg‘un qo‘shilib ketadi, kechasi esa uning ko‘rinishi ham funksional, ham dekorativ. Moslashuvchan va modulli Metronomis LED oilasi ustunlar assortimenti va turli xil effektlar bilan taqdim etiladi. Bu arxitektorlar va yoritish dizaynerlariga shahar madaniyati va tarixidagi farqlarni aks ettirgan holda har qanday shahar manzarasida yagona, izchil yoritish dizaynini yaratish imkonini beradi. Metronomis LED LEDGINE ning barcha afzalliklarini ham taqdim etadi. Energiya tejamkor, taʼmirlanadigan va modernizatsiya qilinadigan bu yoritgichlar seriyasi butun xizmat muddati davomida aʼlo yorug‘lik sifatini saqlash uchun ishlab chiqilgan.