Metronomis LED — loyihalarga o‘ziga xos kontekstual yoki estetik ohang berish uchun yoritish effektlari palitrasini taklif etuvchi dunyodagi birinchi tayanch ustiga o‘rnatiladigan (post-top) yoritgichlar seriyasi. Aks etish, yorug‘lik va soyaning innovatsion o‘yini yerda yoki plafon ichida naqsh hosil qilib, qo‘shimcha muhit yaratadi. To‘rtta ikonik dizayn mavjud: Metronomis LED Torch (BDS650), shlyapali Metronomis LED Torch (BDS651), Metronomis LED Sharp (BDS660) va Metronomis LED Fluid (BDS670). Har bir yoritgich dizayni Metronomis I bilan vizual va modulli bog‘liqlikka ega bo‘lib, uning asosiy elementlarigacha soddalashtirilgan. Kunduzi ko‘zga tashlanmaydigan, shaffof dizayn zamonaviy yoki klassik arxitektura va atrof-muhitdan qatʼi nazar, shahar kontekstiga uyg‘un singib ketadi, tungi ko‘rinishi esa ham funksional, ham dekorativdir. Moslashuvchan va modulli Metronomis LED oilasi tayanchlar tanlovi va turli xil effektlar bilan taqdim etiladi. Bu arxitektorlar va yoritish dizaynerlariga har qanday shahar manzarasida yagona, izchil yoritish dizaynini yaratish imkonini beradi va shu bilan birga shahar madaniyati va tarixidagi farqlarni aks ettiradi. Metronomis LED, shuningdek, LEDGINE ning barcha afzalliklarini taqdim etadi. Energiya tejamkor, texnik xizmat ko‘rsatish va modernizatsiya qilish mumkin bo‘lgan ushbu yoritgichlar seriyasi butun xizmat muddati davomida aʼlo yorug‘lik sifatini saqlash uchun ishlab chiqilgan.