Philips Endura Next bilan mijozlar ekspluatatsiya va texnik xizmat xarajatlarini tejash orqali biznes rentabelligiga salmoqli hissa qo‘shadigan sanoat chiziqli yoritish yechimiga ega bo‘ladilar. Energiya sarfini sezilarli darajada kamaytirish orqali ushbu yechim uglerod izini kamaytirishga hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, yoritgich konstruksiyasi butun xizmat muddati (50 000 soat) davomida miltillashsiz, barqaror yorug‘lik oqimini taʼminlaydi va shu orqali xodimlar uchun optimal ish sharoitlarini kafolatlaydi. U mehnat unumdorligini oshiradi hamda xodimlar xavfsizligini taʼminlaydi. Ushbu noyob yechim intellektual (DALI, PIR harakat sensori) va tarmoqqa ulanadigan opsiyalarning keng tanlovi, jumladan Interact IoT platformasi (simli va simsiz variantlarda) bilan taqdim etiladi. Talabingiz qanday bo‘lishidan qatʼiy nazar, «Endura Next» ulanadigan yoritish davrida cheksiz imkoniyatlarni taqdim etadi va ishlab chiqarishdagi to‘xtab qolishlarni minimallashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan.