Essential SmartBright Projector ST033T — ommaviy savdo bozori uchun ishlab chiqilgan, narx-sifat jihatidan maqbul mahsulot. U chakana savdo va mehmonxona-restoran sohasida galogen va CDM asosidagi standart projektorlarni almashtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu trekka o‘rnatiladigan yoritgich chakana sotuvchilarga mahsulotlarini ajratib ko‘rsatish yoki muayyan obyektlarni urg‘ulashga yordam beradi. O‘rnatilgan drayverli toza va zamonaviy dizayn hamda 24 yoki 36 graduslik nur burchagi tanlovi Essential SmartBright Projectorʼni ko‘plab vazifalar uchun dolzarb qiladi. Oq va qora — 2 rang tanlovi chakana sotuvchiga do‘kon muhitiga eng yaxshi singib ketadigan mahsulotni tanlashga yordam beradi. O‘zidan oldingi modelga nisbatan u nafaqat tejamkor, balki yanada nafis va yengil dizaynga ega. Mahsulot oilasiga turli vazifalar uchun I va L ulagichli, qora va oq rangdagi 1M va 2M treklar kiradi.