SunStay Pro gen2 quyosh energiyasida ishlaydigan ko‘cha yoritgichlari barqarorlik maqsadlaringizga erishishni har qachongidan ham osonlashtiradi. Integratsiyalangan quyosh paneli va qo‘shimcha vertikal PV panel varianti, litiy-temir-fosfat (LFP) batareyasiga ega bu quyosh ko‘cha yoritgichlari avtonom (tarmoqdan tashqari) va gibrid ishlash uchun zaryadlovchi variantlariga ham ega. Sunstay Pro gen2 tungi osmonni saqlashga yordam beradigan maxsus yorug‘lik retseptlari bilan keng rang harorati diapazonida taqdim etiladi. Bularning barchasi mustahkam, uzoq xizmat qiladigan (PDC) alyuminiy korpusli o‘ziga xos yoritgich dizaynida. Shunday qilib, elektr tarmog‘iga ulanish imkoni bo‘lmagan hududlarni ko‘p yillar davomida yoritishingiz mumkin. SunStay Pro gen2 quyosh yoritishi 100,000 soatlik uzoq xizmat muddati va L95 da sinfidagi eng yaxshi yorug‘lik oqimi saqlanishi uchun eng so‘nggi LED texnologiyasidan foydalanadi. Maxsus ishlab chiqilgan ustunga montaj patrubogi turli qiyalik burchaklarini hamda yon tomondan va ustun tepasiga o‘rnatish variantini taklif etadi. Ledgine O optik platformasi bilan ustunlar orasidagi masofani ham oshirib, keng qo‘llash sohalarida egalik qilishning umumiy qiymatini kamaytirishingiz mumkin. Sunstay Pro gen2 qayta ishlangan kabel kiritish tuzilmasi va xizmat ko‘rsatish qulayligi uchun uskuna komponentlariga yuqoridan asbobsiz kirish imkoniyati bilan tez va oddiy montaj uchun yaratilgan. Signify Service tag tufayli esa obyektda kerakli barcha hujjatlarga kirish imkoniga ega bo‘lasiz. Ulanish va dimmerlash (yorug‘likni sozlash) variantlari mavjud, jumladan, odam aniqlanganda yoritilganlik darajasini avtomatik oshiradigan radar harakat sensori. Shuningdek, odam yoki faollik aniqlanganda yoritilganlik darajasini oshirish uchun qo‘shni ko‘cha yoritgichlarini ichki mesh-tarmoq orqali guruhlash va boshqarish imkoniyati ham bor. Bundan tashqari, VGP726 SunStay Pro gen2 quyosh yoritishi System Ready bo‘lib, kelajakda istalgan vaqtda Interact City kabi yoritishni boshqarish tizimlari bilan birgalikda ishlatilishi mumkin. Bugun va ertaga uchun «hammasi birda» tanlovi.

