CityCharm seriyasi qulay yoritish, muhit va dizayn muhim rol o‘ynaydigan shahar hududlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan. U uchta ikonik, eskirmaydigan dizaynni taklif etadi: CityCharm cordoba (BDS490), CityCharm cone (BDS491) va CityCharm fluid (BDS492), shuningdek, dekorativ va amaliy aksessuarlar tanlovi. Bu kunduzi ham, tunda ham shahringiz o‘ziga xosligini aks ettiruvchi yoritish yechimini yaratish imkonini beradi. Cordoba, cone yoki fluid LED yoritgichlaridan qaysi birini tanlamang, CityCharm aʼlo ko‘rsatkichlarni saqlagan holda yuqori ko‘rish qulayligini taʼminlaydi. U ikkita innovatsion yoritish texnologiyasidan birini tanlash imkonini beradi: ko‘rish qulayligini maksimal darajaga yetkazuvchi GentleBeam yoki vertikal yoritilganlik va vizual yo‘naltirishni optimallashtiruvchi ClearGuide (cordoba yoki cone uchun). CityCharm yoritish yechimini yanada shaxsiylashtirish uchun seriyaning dekorativ aksessuarlari plafon hajmini belgilash va uning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish imkonini beradi. Turar-joy hududlari va shahar markazlarini eng nafis tarzda qayta shakllantirish uchun maxsus kronshteynlar va tayanchlarning keng tanlovi ham mavjud.